Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalliy kengash va hokimlar faoliyatiga xos bo‘lmagan 8 ta vazifa bekor qilinadi
Senat mahalliy kengashlar faoliyatini takomillashtirishga oid qonunni ma’qulladi. Hujjat bilan mahalliy kengash raisi va hokim lavozimlarining ajratilgani inobatga olinib, amaldagi 9 ta kodeks va 69 ta qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Foto: Oliy Majlis Senati
Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisida mahalliy kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qonun bilan mahalliy kengash raisi va hokim lavozimlarining ajratilgani inobatga olinib, amaldagi 9 ta kodeks va 69 ta qonunga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Natijada, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuklatilgan vakolatlarni vakillik va ijro etuvchi organlar o‘rtasida aniq ixtisoslashtirish nazarda tutilgan.

Muhokamalar davomida senatorlar mahalliy davlat hokimiyati organlari vazifalarining “kuchli kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida qayta taqsimlanayotganini ta’kidladi.


Shuningdek, mahalliy kengashlar va hokimliklar faoliyatiga xos bo‘lmagan, respublika ijro etuvchi organlar vakolatlarini takrorlovchi 8 ta vazifaning bekor qilinishi muhim yangilik sifatida qayd etildi.


Senatorlar fikricha, mazkur qonunning qabul qilinishi respublikada amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlarning navbatdagi bosqichini ta’minlaydi. Hujjat Konstitutsiyada belgilangan hokimlar va xalq deputatlari kengashlari vakolatlarini aniq ajratishga asoslangan davlat hokimiyatini tashkil etishning yangi modelini to‘liq joriy etish, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid
10:20 / 26.12.2025
2026 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
18:58 / 20.12.2025
Talabalar tomonidan 9 oy ichida 500ga yaqin jinoyat sodir etilgan
10:15 / 08.12.2025
O‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarni rasmiylashtirish bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi
15:46 / 06.12.2025