Peskov: Rossiyaning maqsadi Ukrainani bosib olish emas
Kremlda harbiy operatsiyadan maqsad «Ukrainani ozod qilish» ekani aytildi.
Rossiyaning «maxsus harbiy operatsiya» o‘tkazishdan maqsadi go‘yoki Ukrainani millatchilardan tozalash hisoblanadi. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytdi.
«Hech kim Ukrainani bosib olish haqida o‘ylamayapti. Operatsiyadan maqsad – Ukrainani demilitarizatsiya qilish. Eng ideal holatda esa Ukrainani ozod qilib, millatchilardan tozalash. Ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, rossiyaliklar operatsiyani LXR va DXRni tan olishni qo‘llagani kabi qo‘llab-quvvatlaydi.
Operatsiya muddati voqealar rivojiga bog‘liq. Qarorni prezident qabul qiladi. Ukraina taqdirini esa ukrain xalqi hal qiladi», dedi Peskov matbuot anjumanida.
Putin rossiyaliklarga murojaatida harbiy operatsiyadan maqsad «Ukrainani «denatsifikatsiya qilish» ekanini aytgandi. Peskovning tushuntirishicha, Putin bu gapi bilan aynan «Ukrainani millatchilardan ozod qilish»ni nazarda tutgan.
Peskov va jurnalistlar o‘rtasidagi muloqot quyidagicha o‘tdi:
«Kommersant FM»: «Maxsus operatsiya»ning maqsadi va muddati haqida ma’lumot bera olasizmi?
Peskov: Maqsad haqida prezident gapirgandi – Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish. Ikkalasi ham mamlakatimiz va xalqimizga xavf tug‘dirmoqda. Muddat natijalarga qarab belgilanadi. Aniq muddatni tabiiyki bosh qo‘mondon prezident belgilaydi.
«Kommersant FM»: Rus qo‘shinlari DXR va LXRni qo‘llab, qayergacha bormoqchi?
Peskov: Operatsiyaga oid harbiy yoki texnik ma’lumotlar bera olmayman. Bu borada birlamchi manba qurolli kuchlarimiz hisoblanadi.
Bloomberg: Kremlda denatsifikatsiya iborasini qanday tushunishadi? Bu Kiyevda hukumatni o‘zgartirish uchun kerakmi?
Peskov: Bu eng yaxshi holatda Ukrainani ozod qilib, millatchilardan, millatchi kayfiyatidagi odamlar va bunday g‘oyalardan tozalash bo‘ladi.
Bloomberg: Ukraina prezidenti va hukumati millatchi kayfiyatdagi odamlar hisoblanadimi?
Peskov: Bu borada aniqlik kiritishdan tiyilaman.
Bloomberg: Rossiya Ukrainadagi harbiy operatsiyani to‘xtatmoqchimi? Qanday shartlar bilan?
Peskov: Operatsiyaning o‘z maqsadlari bor. Prezident qaror qabul qilingani va ko‘zlangan maqsadga erishilishini aytdi.
Bloomberg: Ya’ni operatsiyani tez orada tugatish rejalashtirilmayaptimi?
Peskov: Bu haqda hech nima bilmayman, hammasi bosh qo‘mondonga bog‘liq.
Bloomberg: Prezidentning nazdida demilitarizatsiya deganda butun Ukarina armiyasini yakson qilish tushuniladimi?
Peskov: Bu xorijiy davlatlar xizmati bilan kengaytirilgan harbiy imkoniyatni zararsizlantirish degani.
Bloomberg: Ukraina armiyasini yo‘q qilish maqsadlardan birimi?
Peskov: Bu haqda javob berib bo‘ldim.
CNN: Millatchilardan tozalash deganda nima nazarda tutilmoqda? Qandaydir tashkilotmi yoki hukumatdagi millatchilarmi?
Peskov: Aniqlik kirita olmayman.
CNN: Rossiya hukumatining fikricha, Ukrainada hukumat almashishi kerakmi?
Peskov: Bu savolga hozir javob bera olmayman.
RIA Novosti: Operatsiya faqat DXR va LXR hududida o‘tkaziladimi yoki Ukrainaning boshqa hududlarida hammi?
Peskov: Bu savol harbiylarga.
RIA Novosti: Amaliyotda Belarus ham qatnashyaptimi?
Peskov: Bu ham harbiylarga beriladigan savol.
Reuters: «Millatchilardan tozalash» degani Rossiya armiyasi butun Ukrainaga kirishini anglatadimi?
Peskov: Keyingi savol, men bunga javob berib bo‘ldim.
Mavzuga oid
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:41 / 15.11.2024
Rossiya kolonnasi Kupyanskka yorib kirgan, ammo Ukraina uni yakson qilganini aytmoqda. Nimalar ma’lum?
10:11 / 15.11.2024
Germaniya Ukrainada halok bo‘lgan 10 fuqarosi haqida ma’lumotga ega
09:31 / 15.11.2024