Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov: ta'til kunlari Tashkent City’ga 900 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi
Foto: KUN.UZ
Bugun, 13 yanvar kuni xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining yangi chaqiriqdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham qatnashdi.
Bosh vazir Jahongir Ortiqxo‘jayevning nomzodi to‘g‘risida gapirarkan, hokimning qator yutuqlari to‘g‘risida gapirdi:
– Mana, Tashkent City majmuasini olaylik. Birgina bayram kunlarida bu joyga 900 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi. Esingizda bo‘lsa, prezidentimiz dastlab Jahongir Obidovichni bu majmuaga rahbar qilib tayinlagandi. Shu ham Jahongir Obidovichning tashkilotchiligini, bunday tashabbuslari ko‘pligini bildiradi. Bu odam tashabbuslarga to‘la. Yaqinda “Fayzli Toshkent” loyihasi ham prezidentimiz tomonidan qo‘llab quvvatlandi, - dedi A.Aripov sessiyadagi nutqida.
Bundan oldin, Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahri hokimligiga qayta tasdiqlangani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
16:40 / 12.11.2025
Sobiq “Toshturma” hududi tadbirkorga berib yuborilgani ma’lum bo‘ldi. U yer xiyobon bo‘lishi kerak edi
16:26 / 05.06.2025
Tojikistonda MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi
09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin
08:02 / 28.05.2025