Xalq tilida “Toşturma” deb ataladigan 1-sonli tergov hibsxonasi Zangiotaga köçirilganidan keyin, undan böşagan 3 gektarlik hudud xususiy tadbirkorga berib yuborilgani ma’lum böldi. Vaholanki, hukumat farmoyişiga asosan, bu yerda aholi dam olişi uçun xiyobon barpo etilişi kerak edi.
Yunusobod tumanida joylaşgan hibsxona 2017 yilda Zangiota tumaniga köçirilgan. Şundan keyin, 2018 yil 22 mart kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasi farmoyişi bilan, sobiq hibsxona joylaşgan yer maydoni Toşkent şahar hokimligi balansiga ötkazilgan. Hujjatga köra, hokimlik 3 oy içida u yerdagi binolarni buzib, böşagan yer maydonini obodonlaştirişi va zamonaviy xiyobon (dam oliş maskani) barpo etişi kerak edi.
Hukumatning uşbu farmoyişi 7 yildan buyon bajarilgani yöq. Hudud taşlandiq holatda qolmoqda. Fuqarolarning bu boradagi e’tirozlari 2025 yil oktyabr oyida Senat e’tiboriga tuşdi. Senator Sayyora Abdukarimova poytaxt hokimiga sörov yuborib, hukumat topşiriği nega haligaça ijro etilmagani yuzasidan izoh söradi.
Uşbu sörovga şahar hokimining birinçi örinbosari Baxtiyor Rahmonov imzosi bilan yöllangan javob xatidan ma’lum bölişiça, xiyobon qurilişi kerak bölgan yer maydoni xususiy tadbirkorga berib yuborilgan.
Yer maydoni Toşkent şahri hokimining 2020 yil 7 oktyabrdagi qarori asosida, “Ogneupor” MÇJga kompensatsiya tariqasida berilgan.
Bunda, tumanning boşqa bir nuqtasidagi uşbu korxonaga qaraşli sanoat obekti joylaşgan yer maydonining bir qismi “Yunusobod Business City” qurilişi uçun olingan bölib, hokimlik buning evaziga sobiq hibsxona örnini tadbirkorga doimiy foydalaniş huquqi bilan rasmiylaştirib bergan.
- Ma’lumot uçun, “Toşturma” örnida xiyobon barpo etiş haqidagi hukumat farmoyişi qabul qilingan paytda poytaxt hokimi Rahmonbek Usmonov edi. Oradan bir oy ötib, bu lavozimga Jahongir Ortiqxöjayev tayinlangan va keyinçalik, uşbu yer maydonini tadbirkorga kompensatsiya sifatida beriş haqidagi qarorni u imzolagan.









