O‘zbekiston | 11:14 / 20.12.2022
22914
1 daqiqa o‘qiladi
Shavkat Mirziyoyev: Ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirish siyosati izchil davom ettiriladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi boshlandi.
Davlat rahbari pandemiya, dunyodagi chuqur iqtisodiy va siyosiy inqirozlar, ziddiyatlarga qaramasdan, xalqning qahramonlarcha mehnati bilan erishilgan ayrim yutuqlarni aytib o‘tdi. Jumladan:
- yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 80 milliard dollardan oshdi (2018 yilda 52 milliard dollar bo‘lgan);
- iqtisodiyotga shu yilning o‘zida 8 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kirib keldi, eksportimiz esa 19 milliard dollarga yetdi (2018 yilda 14 milliard dollar bo‘lgan);
- bu yil tariximizda ilk bor pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lmagan darajaga olib chiqildi.
Prezident ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini, aholi jon boshiga daromadlarni oshirish siyosati izchil davom ettirilishini ta’kidladi.
Mavzuga oid
14:00 / 29.01.2024
Prezident xorijda YTH qurboniga aylanayotgan migrantlar masalasiga to‘xtaldi
13:17 / 29.01.2024
Tajriba tariqasida 5 ta shaharda suv ta’minotiga xususiy sheriklar jalb qilinadi
20:35 / 26.01.2024
Ta’lim sohasida islohotlarni yagona konsepsiya asosida amalga oshirish bo‘yicha Loyiha ofisi tashkil qilinadi
18:48 / 25.01.2024