O‘zbekiston | 11:14 / 20.12.2022
22910
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev: Ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirish siyosati izchil davom ettiriladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi boshlandi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari pandemiya, dunyodagi chuqur iqtisodiy va siyosiy inqirozlar, ziddiyatlarga qaramasdan, xalqning qahramonlarcha mehnati bilan erishilgan ayrim yutuqlarni aytib o‘tdi. Jumladan:

  • yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 80 milliard dollardan oshdi (2018 yilda 52 milliard dollar bo‘lgan);
  • iqtisodiyotga shu yilning o‘zida 8 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kirib keldi, eksportimiz esa 19 milliard dollarga yetdi (2018 yilda 14 milliard dollar bo‘lgan);
  • bu yil tariximizda ilk bor pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lmagan darajaga olib chiqildi. 

Prezident ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini, aholi jon boshiga daromadlarni oshirish siyosati izchil davom ettirilishini ta’kidladi.

Mavzuga oid