Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShga viza oluvchilar uchun yangi tartib joriy etildi
Ilgari noimmigratsion vizaga va suhbatdan o‘tishga istalgan mamlakatda turib ariza berish mumkin edi. Endi esa talabgorlar faqatgina yo o‘zining mamlakatida, yoki unga yashash huquqini bergan davlatdagina ariza topshira oladi.
Foto: Getty Images
AQSh noimmigratsion vizaga ariza beruvchilar uchun tartibni yangiladi. Bu haqda AQSh davlat departamenti ma’lum qildi.
«AQSh noimmigratsion vizasini (NIV) olish istagida bo‘lganlar suhbatga o‘z mamlakati yoki o‘zi yashayotgan mamlakatdagi AQSh elchixonasi yoki konsulligida ariza berishlari mumkin», — deyiladi xabarda.
Bunda, agar arizachi o‘z mamlakatidan boshqa joyda ariza berayotgan bo‘lsa, u holda ariza berilayotgan mamlakatda yashashini dalillashi kerak bo‘ladi.
Ilgari bunday turdagi vizaga va suhbatdan o‘tishga istalgan mamlakatda turib ariza berish mumkin edi.
AQSh Rossiyada muntazam immigratsion viza amaliyotini o‘tkazmayotgani sababli rossiyaliklar Ostona va Varshavada ariza berishlari mumkin.
Yana 16 mamlakat, jumladan, Belarus va Ukraina fuqarolari ham vizaga ariza berish uchun boshqa mamlakatdagi AQSh elchixonasi yoki konsulligiga murojaat qilishlariga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
21:21
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
14:27
Zelenskiy: “Uitkoff va Kushner bilan juda yaxshi suhbat bo‘ldi”
14:09
AQSh Serbiya kompaniyasiga RF ulushini sotish bo‘yicha muzokaralar uchun muddat berdi
12:41