O‘zbekiston | 15:12 / 29.08.2019
32594
3 daqiqa o‘qiladi

Oliy ta'lim muassasalari rektorlarining vakolati kengayadi 

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 4 avgustdagi “Xorijiy fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 169-son qarorida:

3-band (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Moliya vazirligi va ta'lim muassasalariga ega bo‘lgan boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarida o‘qiganlik uchun to‘lov miqdorlari va tartibini, 2008/2009 o‘quv yiliga xorijiy fuqarolarning oliy ta'lim muassasalarida o‘qiganligi uchun to‘lov miqdorini o‘qitishning real xarajatlaridan kelib chiqib, 2 ming AQSh dollaridan 4 ming AQSh dollarigacha miqdorda belgilashni nazarda tutgan holda, tasdiqlash uchun kiritsin) quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“3. Oliy ta'lim muassasalari rektorlari (filiallar direktorlari)ga 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda respublika oliy ta'lim muassasalarida xorijiy fuqarolarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini tegishli ta'lim yo‘nalishi yoki mutaxassislik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan to‘lov miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda, mustaqil belgilash vakolati berilsin”.

Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 9-bandi (O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va ta'lim muassasalariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining taklifi asosida O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi) quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“9. Oliy ta'lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymati oliy ta'lim muassasasi rektori (filiallar direktorlari) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan kelishilgan holda belgilanadi.”.

Mavzuga oid