O‘zbekiston | 00:25 / 22.09.2020
55678
3 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus O‘zbekistonda: Namanganda infeksiya tarqalishi tezlashdi

21 sentabr kuni O‘zbekistonda 619 kishida koronavirus aniqlanib, 674 kishi tuzalgani tasdiqlandi. Kunlik kasallanish ko‘rsatkichi so‘nggi to‘rt kundan buyon 600dan ko‘proqni tashkil etmoqda.

Rasmiy statistikada jami holatlar 52 mingdan ortdi: hozirgacha 52 259 kishida koronavirus aniqlanib, ulardan 48 606 nafari tuzalgan.

Qurbonlar soni kamida 5 nafarga ortib, SSV statistikasi bo‘yicha 438 nafarga yetdi.

Yangi holatlar (+619)

So‘nggi bir hafta ichida Namangan viloyatida koronavirusga chalinish holatlari sezilarli oshdi. 7 kunda jami 421 kishida kasallik aniqlandi. Birgina 21 sentyabrda 115 kishi COVID-19'ga chalingani ma'lum bo‘ldi.

  • Toshkent shahri – 314
  • Toshkent viloyatida – 131
  • Namangan viloyati – 115
  • Andijon viloyati – 20
  • Jizzax viloyati – 12
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 8
  • Buxoro viloyati – 8
  • Navoiy viloyati – 7
  • Farg‘ona viloyati – 4

Tuzalganlar (+674)

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda COVID-19 yuqtirib olgani tasdiqlangan bemorlarning 93 foizi tuzalib chiqqan.

  • Toshkent shahri – 396
  • Toshkent viloyati – 130
  • Namangan viloyati – 85
  • Jizzax viloyati – 30
  • Andijon viloyati – 18
  • Buxoro viloyati – 7
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 4
  • Farg‘ona viloyati – 4

O‘lim holatlari (+5)

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi masalasida jamoatchilikka oqilona tarzda ma'lumot yetkazishda hamon oqsamoqda. Bugun vafot etgan beshinchi bemor haqida deyarli hech qanday ma'lumot berilmadi.

  • Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli Z.Ch. (ayol)
  • Shayhontohur tumanida yashagan 46 yoshli H.I. (erkak)
  • Poytaxtlik 62 yoshli X.Sh. (erkak) (qaysi tumandan ekani ma'lum qilinmadi)
  • Poytaxtlik 31 yoshli S.B. (erkak) (qaysi tumandan ekani ma'lum qilinmadi)
  • Beshinchi qurbon haqida bevosita hech qanday ma'lumot berilmadi. Kun yakunida vafot etgan jami 5 kishidan 3 nafari erkak, 2 nafari ayol ekani aytildi, bundan u ayol kishi ekani anglashiladi. Shuningdek, statistikada Toshkent viloyatida qurbonlar soni bittaga ortganidan, u ayni shu hududda davolangani oydinlashadi.

Ayni paytda davolanayotgan 3 215 nafar bemordan 536 nafari og‘ir, 283 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid