Manba: Budjet xodimlariga 1 yanvardan moddiy rag‘batlantirish puli to‘lanishi tiklanadi
Budjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi, OTMlarning moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblash yangi yildan davom etadi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab, budjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi, OTMlarning moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishi davom etadi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
2020 yil davlat budjeti barqarorligini ta'minlash va xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha hukumat qarori bilan 2021 yil 1 yanvarga qadar moddiy rag‘batlantirish to‘lovlarini hisoblash to‘xtatilgandi.
Tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalar, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq to‘lashning 1-3 razryadlari qo‘llaniladigan xodimlar bundan mustasno bo‘lgan.
Kun.uz’ning hukumatdagi manbasining bildirishicha, budjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi, OTMlarning moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishi to‘xtatib turilishiga oid hukumat qaror loyihasi tayyorlanmagan.
«To‘lovlar hisoblanishi to‘xtatilgandi, u dastlab oktyabr oyigacha, keyin yil so‘ngiga qadar amal qildi. Ayni paytda muddatni yana uzaytirish bo‘yicha biror harakat yo‘q, demak, hukumatning amaldagi qarori bo‘yicha to‘lovlar hisoblanishini to‘xtatib turish 1 yanvardan keyin bekor qilinadi», — deydi manba.
Ma'lumot uchun, budjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish Moliya vazirligining 1995 yilda qabul qilgan nizomi bilan tartibga solinadi.
Tavsiya etamiz
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bill Geyts sun’iy intellekt ba’zi kasb egalarini ishsiz qoldirishini bashorat qildi
Jahon | 18:39
-
Tramp ko‘plab mamlakatlarni Xitoy iqtisodiyotini izolyatsiya qilishga ko‘ndirmoqchi – OAV
Jahon | 18:36
-
Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasi restavratsiya qilinadi
Jamiyat | 18:17
-
Peru sobiq prezidenti pul yuvishda ayblanib 15 yilga qamaldi
Jahon | 17:50
Mavzuga oid

08:10 / 21.03.2025
“Tashabbusli budjet”ning 2025 yilgi 1-mavsum g‘olib loyihalari e’lon qilindi

21:37 / 26.02.2025
Qonunlar normalarining aniq va bir xil qo‘llanishi ta’minlanadi

15:57 / 25.02.2025
Davlat xaridlarini korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish tartibi belgilandi

16:55 / 21.01.2025