Hukumat qarori bilan “Atrof-muhitga ta’sir körsatiş böyiça I va II toifalarga mansub sanoat korxonalarining atrof tabiiy muhitga ta’sirini kamaytiriş harakatlarini rağbatlantiriş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, sanoat korxonalarining atrof tabiiy muhitga ta’sirini kamaytirişga qaratilgan harakatlari ikki bosqiçda rağbatlantiriladi.

1-bosqiçda — atmosfera havosi ifloslanişi fon monitoringi stansiyasini örnatgan sanoat korxonasiga:

tabiatga zarar yetkaziş böyiça kompensatsiya tölovlaridan şakllangan qarzdorlikdan voz keçiladi;
tabiatga zarar yetkaziş böyiça respublika budjetiga yönaltiriladigan kompensatsiya tölovlarining 50 foizi 2 yil davomida qaytariladi.

2-bosqiçda — monitoring stansiyasini örnatgan korxona kelgusi 1 yil davomida çang-gaz va lokal oqova suv tozalaş uskunalarini örnatsa:

respublika budjetiga yönaltiriladigan kompensatsiya tölovlarining 70 foizi 2 yil davomida qaytariladi.

Şuningdek, sanoat korxonasi monitoring stansiyasi hamda çang-gaz va (yoki) lokal oqova suv tozalaş uskunasini örnatgani töğrisida Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali Ekologiya qömitasiga xabarnoma yuboradi.

Xabarnoma va unga ilova qilingan hujjatlar Ekologiya qömitasi tomonidan kelib tuşgan kundan boşlab 15 iş kunidan oşmagan muddatda körib çiqiladi. Örganiş natijasiga köra, korxonani rağbatlantiriş töğrisida Ekologiya qömitasining xulosasi rasmiylaştiriladi.