Vazirlar Mahkamasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta'minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
budjet tashkilotlarida (tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq to‘lashning 1-3 razryadlari qo‘llaniladigan xodimlardan tashqari) ishlaydigan xodimlarga 2020 yilning 16 aprelidan 1 oktyabriga kadar moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishini to‘xtatib turish;
Respublika budjetida hamda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida ko‘zda tutilgan xarajatlarni maqbullashtirish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlari xarajatlarini maqbullashtirish;

Respublika budjetining 2020 yil II choragi uchun rejalashtirilgan xarajatlarni 2020 yilning ikkinchi yarim yilligiga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga iqtisod kilingan mablag‘larni mahalliy budjetlarning daromaddar prognozining bajarilmagan qismini qoplashga yo‘naltirish tavsiya qilindi.

Moliya vazirligi tegishli vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda barcha budjet tashkilotlarida (tibbiyot va tibbiy-ijtimoiy muassasalari hamda mehribonlik uylaridan tashqari):
asosiy vositalarni xarid qilish va kapital ta'mirlash bilan bog‘liq xarajatlarni joriy yilning 1 iyuliga qadar to‘xtatish (moliyalashtirish boshlangan chora-tadbirlar bundan mustasno) va ushbu maqsadlar uchun II chorakda rejalashtirilgan mablag‘larni qisqartirish yoki 2020 yilning ikkinchi yarim yilligiga o‘tkazish;














