Sport | 18:00 / 12.09.2025
1716
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent Markaziy Osiyo badminton chempionatiga mezbonlik qiladi

2025 yil 15–23 sentabr kunlari Toshkent shahrida ulkan sport tadbiri - Markaziy Osiyo badminton chempionati bo‘lib o‘tadi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

O‘zbekiston Badminton federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu musobaqa mintaqadagi eng yirik turnirlardan biri sifatida tarixga kiradi. Mazkur chempionatda 7 ta davlat – O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Eron va Mo‘g‘ulistonning eng kuchli badminton ustalari U-23, U-17 va U-15 yosh toifalarida ishtirok etadi. 

«Badminton tezkorlik, epchillik, kuch va iroda uyg‘unlashgan sport turi bo‘lib, har bir zarba, har bir o‘yin nafaqat g‘alaba uchun kurash, balki sabr-toqat, halollik va mardlik ramzi hisoblanadi. Bu turnir nafaqat sportchilar uchun mahorat va g‘alaba sinovi, balki xalqlarimizni yanada yaqinlashtiruvchi, do‘stlik rishtalarini mustahkamlovchi ulkan maydondir. 

Qolaversa, musobaqa nafaqat sportchilarimiz uchun tajriba maktabi, balki butun Markaziy Osiyo sport hamjamiyati uchun yangi sahifa ochadi. Chempionat yangi rekordlar, shiddatli bahslar va hayajonli lahzalarga boy bo‘ladi.

O‘zbekiston Badminton Federatsiyasi barcha sportchilarga omad, tomoshabinlarga esa unutilmas taassurotlar tilab qoladi! Mazkur chempionat badminton tarixida yangi davr boshlanishi bo‘lsin»,  deyiladi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Mavzuga oid