Tadbirkorlarning energiya resurslaridan foydalanish holati tekshiriladi
“Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va ular narxlari keskin oshishi oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 martgacha import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlar tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 avtobenzin uchun, istisno tariqasida, aksiz solig‘i “nol” stavkada qo‘llanadi.
2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 aprelgacha prezident huzuridagi tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishmasdan tadbirkorlarni ular moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari bo‘yicha tekshirishga ruxsat berildi.
Tekshiruvlar natijalari bo‘yicha avtobenzin mahsulotlari ortiqcha yo‘qotishlariga va talon-torojliklarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga qonunchilikda belgilangan jazo choralarini qo‘llash, ular faoliyatiga huquqiy baho berish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar kiritiladi.
Mavzuga oid
16:58 / 16.11.2024
O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatini 27 gigavattga oshirmoqchi
09:30 / 07.11.2024
Namanganda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
09:29 / 06.11.2024
O‘zbekistonda 2030 yilgacha “yashil” energiya manbalari 40 foizga yetkaziladi
10:10 / 29.10.2024