“Kuz-qiş mavsumida iste’molçilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlaş va ular narxlari keskin oşişi oldini oliş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 martgaça import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan işlab çiqariladigan va tadbirkorlar tomonidan yakuniy iste’molçilarga sotiladigan AI-80 avtobenzin uçun, istisno tariqasida, aksiz soliği “nol” stavkada qöllanadi.
2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 aprelgaça prezident huzuridagi tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil bilan kelişmasdan tadbirkorlarni ular moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralaşmagan holda energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalaniş holatlari böyiça tekşirişga ruxsat berildi.
Tekşiruvlar natijalari böyiça avtobenzin mahsulotlari ortiqça yöqotişlariga va talon-torojliklarga yöl qöygan mansabdor şaxslarga qonunçilikda belgilangan jazo çoralarini qöllaş, ular faoliyatiga huquqiy baho beriş yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdimnomalar kiritiladi.

















