Hayit kuni Toshkentda yuk mashinalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi
Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, 16 iyun – Qurbon hayiti kuni soat 00:00 dan 10:00 ga qadar poytaxtda yuk mashinalari harakati (shaharga kirish, chiqish va shahar ichida harakatlanish) to‘liq to‘xtatiladi. Shuningdek, IIBB shu kuni soat 00:00 dan 07:00 gacha avtotransport vositalari uchun yopiladigan ko‘chalar ro‘yxatini ham e’lon qildi.
Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 16 iyun kuni soat 00:00 dan 10:00 ga qadar Toshkent shahriga barcha turdagi yuk transport vositalarining harakati to‘liq cheklanadi
Cheklov yuk mashinalarining shaharga kirishi, chiqishi va shahar ichida harakatlanishiga taalluqli bo‘ladi. Bu haqda xabar bergan poytaxt IIBB yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.
Shuningdek, boshqarma axborotiga ko‘ra, 16 iyun kuni shahardagi 121 ta masjidda hayit namozi o‘qiladi va shu munosabat bilan qator ko‘chalarda avtotransport vositalari harakati soat 00:00dan 7:00 gacha to‘liq cheklanadi.
Avtotransport vositalari harakati to‘liq cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxati
Mirzo Ulug‘bek tumani:
“To‘ra buva” masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi – Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li – Sultoniya ko‘chasigacha.
Bektemir tumani:
“Xo‘ton” masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi – Husayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.
Olmazor tumani:
“Islomobod” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY– Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha.
“Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.
Shayxontohur tumani:
“Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha.
“Xo‘ja Alambardor” masjidi oldidagi Bunyodkor – Kamolon ko‘chalari chorrahasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha.
“Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi – Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani:
“Ubay ibn Ka’b” masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorraxasigacha.
“Katta Qozirobod” masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi – Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon ko‘chalari chorrahasigacha.
“Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.
“Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor-Muqumiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha bo‘lgan yo‘lda harakat cheklanadi.
Uchtepa tumani:
“Abdullox ibn Ma’sud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qa’ni ko‘chalari chorrahasigacha.
"Hazrati Ali” masjidi Nazarbek-Maxorat ko‘chalari chorraxasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.
Yunusobod tumani:
“Minor” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY –Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha.
“Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha.
Yakkasaroy tumani:
“Usmon bin Ma’zun” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.
Yashnobod tumani:
“Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.
“Ali ibn Abu Tolib” masjidi oldidagi Cho‘lpon ko‘chasi – Imom Buxoriy – Cho‘lpon ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘lpon – Salohiyat ko‘chalari chorrahasigacha.
Mirobod tumani:
“Qo‘yliq ota” masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan TXAY va Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi.
Ta’kidlanishicha, masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
“Fuqarolarimizdan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz”, – deyiladi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborotida.
Avvalroq Toshkent metropoliteni hayit kuni odatdagidan 2 soatga ertaroq – soat 03:00dan ish boshlab, 10:00ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatishi haqida xabar berilgandi.
Poytaxtdagi jome masjidlarida Qurbon hayiti namozi ertalab soat 05:10 da o‘qiladi.
Mavzuga oid
20:02 / 18.11.2024
Angliyaga pul evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
17:10 / 18.11.2024
Toshkentda Askiya bozori joylashgan yer investorga beriladi
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024