Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda ijtimoiy himoya reyestriga kirgan oilalarga 600 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish yo‘nalishida qator topshiriqlar berdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ijtimoiy himoya reyestriga kirgan oilalarga ko‘mir, suyultirilgan gaz, oziq-ovqat va boshqa zarur ehtiyojlar uchun 600 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi.
15 sentabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston uchun pensiya va nafaqa oluvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga temiryo‘l va aviachiptalar sotib olish uchun 50 foizlik imtiyoz tiklanadi.
2025 yilgacha qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha rejadan oshirib bajarilgan tushumlar Qoraqalpog‘iston budjetida qoldiriladi.
Bog‘cha, maktab va tibbiyot muassasalari qurilishiga kelgusi besh yilda qo‘shimcha 5 trillion so‘m ajratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘istonda aholi uchun yakka tartibdagi uy-joy qurish maqsadida yer uchastkasi taqdim etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
"To‘g‘ri, bu amaliyotga chek qo‘yganmiz, va boshqa hududlarda bunday imkoniyat yo‘q. Lekin, Qoraqalpog‘iston aholisi murojaatlarini inobatga olib, istisno qilib berishga tayyorman. Faqat puxta ishlangan, adolatli va shaffof tizim asosida bo‘lishi kerak", dedi prezident.
Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda infratuzilmani rivojlantirishdagi muammolardan kelib chiqib, prezident mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga qator topshiriqlar berdi.
Xususan, “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining To‘rtko‘l, Beruniy va Ellikqal’a tumanlaridan o‘tgan qismini rekonstruksiya qilishga 160 million dollar jalb etiladi.
Ta’mirtalab bo‘lgan 1 ming 500 kilometr suv tarmoqlari, 150 dan ziyod quduq, nasos va suv stansiyalari ta’mirlanadi.
Nukus shahri, Taxiatosh va Xo‘jayli tumanlari markazlarida oqova suv tarmoqlari quriladi.
128 ta transformator, 7,5 mingta simyog‘och ustunlari almashtiriladi.
Qoraqalpog‘istonning har bir shahri va tumanida ichki yo‘llarni ta’mirlash uchastkalari tashkil etish, ularga yetarli shtat, zarur mablag‘ va texnikalar ajratiladi.
Davlat rahbari ikki oy muddatda Qoraqalpog‘istonda xalqaro va ichki avtomobil yo‘llarini rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqishga topshiriq berdi.
Mavzuga oid
19:17 / 26.08.2025
Iordaniya podshohining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
14:58 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi
18:23 / 22.08.2025