Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Murodjon Ahmadaliyev Romanning chempionlik kamarlarini tortib oldi
Murodjon Ahmadaliyev O‘zbekiston tarixida ilk marta bir yo‘la ikkita chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev (8ta g‘alaba, 6ta nokaut) 31 yanvarga o‘tar kechasi AQShda ikki yo‘nalish chempioni bo‘lib turgan amerikalik Daniel Romanga (27-2-1, 10 KO) qarshi chempionlik jangi o‘tkazdi.
Mayamida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Murodjon Ahmadaliyev chempion Daniel Romanga (27-3-1, 10 KO) qarshi ringga chiqib, 12 raundlik jang natijalariga ko‘ra, hakamlar tomonidan jang g‘olibi deb topildi.
RT if you want to see a rematch between Roman and Akhmadaliev. 🖐️#MiamiFightNight pic.twitter.com/xkCekVbrT3
— DAZN USA (@DAZN_USA) January 31, 2020
Shu tariqa Murodjon Ahmadaliyev O‘zbekiston tarixida ilk marta bir yo‘la ikkita chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Professional faoliyatidagi 8ta jangida 8ta g‘alabaga erishgan Ahmadaliyev tarixiy rekordni takrorladi. Bungacha faqat Leon Spinks 8ta jangdayoq chempionlik kamariga ega chiqqan edi.



Mavzuga oid
17:18 / 14.09.2025
Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempionligi uchun jangda hakamlar qaroriga ko‘ra yutqazdi
15:14 / 14.09.2025
Naoi Inoue va Murodjon Ahmadaliyev jangini ko‘rish uchun 5 sabab
10:54 / 13.09.2025
Ahmadaliyev «Monstr»ga qarshi. Boks muxlislarini yil jangi kutmoqda
09:55 / 31.05.2025