Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
Foto: Reuters
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyni saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Aminmanki, an'anaviy do‘stlikka, ikki tomon uchun foydali hamkorlikka hamda o‘zaro manfaatlarni inobatga olishga asoslangan O‘zbekiston-Ukraina munosabatlari mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yanada izchil rivojlanadi», – deyiladi davlat rahbarining maktubida.
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik va davlat ishida muvaffaqiyat, do‘st Ukraina xalqiga tinchlik va farovonlik tilagan.
Vladimir Zelenskiy 21 aprel kuni Ukraina prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovning ikkinchi turida raqibi, amaldagi prezident Petro Poroshenkoni katta farq bilan ortda qoldirib g‘olib bo‘ldi - u saylovda ishtirok etgan ukrainlarning 73,22 foiz ovozini olishga erishdi.
Mavzuga oid
11:00 / 03.11.2025
Zelenskiy Germaniyaga Patriot majmualari uchun minnatdorlik bildirdi
10:49 / 25.10.2025
Zelenskiy: RF neft sektoriga bosimni kengaytirish kerak
08:23 / 25.10.2025
Dmitriyev: Zelenskiy urushni tugatish sari katta qadam qo‘ydi
13:35 / 24.10.2025