O‘zbekiston | 13:36 / 24.02.2023
7474
2 daqiqa o‘qiladi

Qonunchilik palatasida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha ishlar ko‘rib chiqiladi

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ikki mas’ul qo‘mitasi «Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqadi. Hujjat noyabr oyida qayta ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.

Foto: Kun.uz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni muhokama qilishni davom ettiradi.

Parlament quyi palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi 24 fevral kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tadigan qo‘shma majlisda Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun loyihasini ko‘rib chiqadi.

O‘tgan uch oy davomida mazkur qo‘mitalar tomonidan aholi, ekspert va olimlardan takliflar yig‘ish davom ettirildi, deya ta’kidladi palata matbuot xizmati. 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni xalqqa murojaatnomasida Konstitutsiyani takomillashtirish borasidagi ishlar davom etayotganini ma’lum qildi. 

«Bugungi kungacha 220 mingdan ortiq taklif tushdi. «Jamiyat – islohotlar tashabbuskori» tamoyilidan kelib chiqib, barcha masalalarda xalqimiz bilan maslahatlashgan holda qarorlar qabul qilamiz» – dedi davlat rahbari.

Mavzuga oid