Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik sayyoh BAAda 46 daqiqa ichida 22 marta YHQni buzdi
Foto: Chris Jackson / Getty Images
BAAga tashrif buyurgan amerikalik sayyoh avtomobilni boshqarish davomida bir kunda 24 marta tezlikni oshirgan, u 46 daqiqa ichida 22 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgan. Buning natijasida texaslik ishbilarmon Jonatan Billga deyarli 5,5 ming dollarlik jarima solingan. Gulf News nashri voqea yuzasidan xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, voqea sentabr oyida sodir bo‘lgan, biroq OAVda bu haqda endi ma'lumot berildi. Dubay va Al-Ayn shaharlari orasida harakatlangan sayyoh bir necha marotaba tezlikni oshirgan. U soatiga 120 kilometr tezlik o‘rniga 130-150 kilometr tezlikda harakatlangan.
Ishbilarmon YHQ buzilishlarini qayd qiluvchi kameralar ko‘rsatkichlaridagi g‘ayritabiiy raqamlarga e'tibor qaratdi. Qurilmalardan to‘plangan ma'lumotlarga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 8:36da Bill Al-Aynda tezlikni oshirgan, ikki daqiqa o‘tgach esa - Dubayda.
"Bir vaqtning o‘zida ikki joyda bo‘lishim mumkin emas, axir", - deydi amerikalik sayyoh. Shunga qaramay, u jarima to‘lovlarini amalga oshirgan.

Mavzuga oid
17:56 / 06.01.2026
Husiylar, Saudiya va BAA uchburchagi: Yamanda nimalar bo‘lyapti?
18:01 / 30.12.2025
Saudiya Yamanga zarba berdi. Nishon – ayirmachi guruhlarni qo‘llash uchun BAAdan yuborilgan qurollar bo‘lgan
10:44 / 18.12.2025
Rossiyada 31 o‘zbekistonlik talabaga qo‘yilgan jarima bekor qilindi
14:04 / 13.12.2025