Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiy davlatlar yagona alifbo yaratish masalasini muhokama qiladi
Til birligi va turkiy davlatlarning umumiy alifboga o‘tish jarayonini tezlashtirish maqsadida yagona alifbo yaratish bo‘yicha komissiya tuzildi.
Foto: AP
Turkiyaning Bursa shahrida o‘tkazilgan «Turk dunyosi umumiy alifbosi bo‘yicha seminar»da yagona alifbo yaratish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risidagi qaror Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) taqdim etildi.
Seminarda Turk tili jamiyati (TTJ) rahbari Gyurer Gulsevin, TDT oqsoqollar kengashi rahbari, Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o‘rinbosari Binali Yildirim ishtirok etdi.
Seminarda turkiy davlatlar olimlari yagona alifboga o‘tish jarayonini jadallashtirish va uni turkiy davlatlar o‘rtasida tarqatish muhimligini ta’kidladilar.
Seminar yakunida TDT doirasida «Yagona alifbo yaratish komissiyasi» tuzishga qaror qilindi. Uning tarkibiga turkiy davlatlarda til siyosati bilan shug‘ullanuvchi rasmiy tuzilmadan ikki nafar a’zo kiradi.
Turkiy davlatlar tashkiloti 2009 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda unga Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston a’zo bo‘lgan. Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi maqomiga ega.
Mavzuga oid
23:05 / 28.11.2025
O‘zbekistonning davlat qarzi 44 mlrd dollarga yetdi. Pullar nimaga ishlatilgan?
22:06 / 27.11.2025
Oltin narxining oshishi yoki tushishi: bu O‘zbekiston uchun qay darajada ahamiyatli?
21:10 / 20.11.2025
O‘zbekistonga Polsha biznes doiralaridan iborat delegatsiya tashrif buyuradi
22:17 / 15.11.2025