Maktablarni axborot texnologiyalari bilan ta'minlash qilinishi kerak bo‘lgan asosiy ishlardan biri hisoblanadi – Vazir
O‘zbekiston o‘quvchilarining birinchi marta xalqaro PIRLS va PISA xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Biroq maktablarda parallel ravishda hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolar ham bor.
Bugun, 24 avgust kuni Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Xalq ta'limi vazirligi, Rossiya Federatsiyasining Ta'limni rivojlantirish strategiyasi instituti hamda Jahon bankining READ dasturi bilan hamkorlikda «Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish – inson kapitalini rivojlantirish omili» mavzusida xalqaro onlayn konferensiya tashkillashtirildi.
Vebinarda Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyev 2021 yildagi xalqaro PIRLS va 2022 yildagi PISA xalqaro tadqiqotlarida O‘zbekistonning ishtirok etishiga munosib tayyorgarlik ko‘rishida xorijiy tajribalarni o‘rganish katta ahamiyatga ega ekanini haqida aytib o‘tdi.
Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekiston o‘quvchilari birinchi marta xalqaro baholash tizimida ishtirok etayotganini, biroq parallel ravishda hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolar borligi ma'lum qildi.
«Shuning uchun oxirgi yillarda ta'lim tizimida islohotlar qilinmoqda. Islohotlarning asosiy yo‘nalishi jamiyatda o‘qituvchilarning obro‘sini oshirishga qaratildi. Joriy yildan o‘qituvchilar yuritishi kerak bo‘lgan hujjatlar bittagacha qisqartirildi. Endi o‘qituvchilar dars davomida faqat jurnal yuritishadi. Buning bilan ularning erkin bo‘lishi va asosiy e'tiborni o‘quvchilarga bilim berishga qaratishi hisobga olingan.
Ikkinchi yo‘nalishdagi yangiliklar esa maktablar holatini yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Ma'lum muddat kollejlar rekonstruksiyasi uchun mablag‘ ajratilgani tufayli maktablarga investitsiya kiritish ikkinchi darajali masala bo‘lib qolgan. Hozir «Obod qishloq», «Obod mahalla» dasturlari amalga oshirilayotgani tufayli maktablar ahvoli ham yaxshilanyapti», dedi vazir.
Qayd etilishicha, 2016 yilgacha salkam 3 ming maktabda qishki mavsumda pechkalardan foydalanilgan. Mamlakatdagi barcha maktablar yaxshi ta'lim berish uchun hech bo‘lmaganda minimal sharoitlarga ega bo‘lishi kerakligi ta'kidlandi.
«Maktablarni axborot texnologiyalari bilan ta'minlash ham qilinishi kerak bo‘lgan asosiy ishlardan biri hisoblanadi. Hozirgacha 40 foizdan oshiqroq maktablar internet bilan ta'minlandi.
O‘quvchilarning chet tilini bilish darajasini yaxshilash ham oldinga qo‘yilgan rejalardan biri. Maktab bitiruvchilari ona tilidan tashqari rus tilida va yana bir xorijiy tilni yaxshi bilishi ularning keyinchalik ish faoliyatida yaxshi natijalarga erishishiga yordam beradi. Bu borada ham turli loyihalar amalga oshirilishiga harakat qilinmoqda», dedi vazir.
Mavzuga oid
13:56
O‘zbekistonda har yetti o‘quvchidan kamida bittasi maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi, nega?
14:33 / 21.11.2024
Nega o‘zbek ota-onalari bolasini rus sinflariga beradi?
20:51 / 18.11.2024
“Qurollar qanchalik zamonaviy bo‘lmasin, milliy g‘urursiz ish bitmaydi” - maktablarga harbiy darslar nega kerak?
16:44 / 11.11.2024