Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qömitasi raisi örinbosari Qobul Tursunov raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatovga senator sörovi yubordi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Özbekistonda 2019 yildan buyon mobil qurilmalarni IMEI-kodi orqali röyxatdan ötkaziş amaliyoti joriy etilgan, 2024 yildan esa ularni Özbekistonga olib kirişda majburiy deklaratsiya töldiriş talab etiladi. Agar deklaratsiya töldirilmasa, qurilmani UzIMEI tizimida röyxatdan ötkaziş uçun bojxona qiymatining 30 foizi miqdorida tölov belgilangan.

Senator sörovida aytilişiça, sönggi paytlarda mazkur jarayondagi muammolar ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bölmoqda. Jumladan, uzimei.uz, my.gov.uz saytlari va BIRDA ilovasi orqali röyxatdan ötkaziş imkoniyati çeklangani tufayli ayrim hollarda xizmat haqi sun’iy oşirilmoqda.

Şuningdek, ikkinçi SIM-karta uçun IMEI2-kodni alohida röyxatdan ötkaziş va buni faqat qurilmani avval röyxatdan ötkazgan joyda amalga oşiriş talabi fuqarolar uçun qöşimça murakkablik va xarajatlarni yuzaga keltirmoqda.

Yuqorida keltirilgan holatlardan kelib çiqqan holda, «Parlament nazorati töğrisida»gi qonunning 15-moddasiga asosan, vazirdan uzimei.uz va my.gov.uz platformalari hamda BIRDA mobil ilovasidagi texnik muammolarni bartaraf etiş, IMEI2-kodni röyxatdan ötkaziş, şuningdek, UzIMEI tizimida mavjud byurokratik talablarni yumşatiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida 10 kun içida ma’lumot taqdim etişi söralmoqda.

Ma’lumot uçun, Şerzod Şermatov 2022 yilda Kun.uz'ga bergan intervyusida UzIMEI tizimi haqidagi savollarga ham javob bergan.

Eslatib ötamiz, ötgan yili UzIMEI tizimi operatori – "Information Technology Center" MÇJdagi 49 foiz davlat uluşini xususiylaştirişga qaror qilingan edi. Lekin 2025 yilda e’lon qilingan yangi xususiylaştiriş dasturiga bu kompaniya kiritilmadi.

UzIMEI operatori, şuningdek, bir neça oy oldin oçiqlangan eksklyuziv huquqqa ega kompaniyalar reyestriga ham