Jahon | 16:31 / 25.02.2026
5597
2 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadroviy kuchlari kuratori etib tayinladi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘zining 13 yoshli qizi Kim Ju Ega mamlakat yadroviy kuchlarini nazorat qilishni topshirdi. Bu haqda The Chosun Daily gazetasi Janubiy Koreya razvedkasiga tayanib xabar bermoqda.

Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Ju E KXDR «raketa dasturi bosh direktori» lavozimini egallagan. U Koreya Mehnat partiyasining fevral oyidagi qurultoyida shu lavozim egasi sifatida qatnashgan. Qayd etilishicha, KXDR rahbarining 13 yoshli qizi generallardan hisobotlar qabul qiladi va ularga ko‘rsatmalar beradi.

The Chosun Daily Kim Ju E otasi bilan muntazam ravishda omma oldida ko‘rinish berayotgani, jumladan, poligonlarga borishi va sinovlarni kuzatishiga e’tibor qaratgan. Nashrning Janubiy Koreya maxsus xizmatidagi manbalari uni Kim Chen Inning vorisi sifatida tayyorlashayotganini taxmin qilmoqda. Xususan, razvedkaga allaqachon KXDR rahbarining qizi ayrim siyosiy masalalar bo‘yicha o‘z fikrini bildirgan holatlar haqida ma’lumot yetib kelgan.

Shimoliy Koreya hukumati Kim Chen Inning oilasi haqidagi ma’lumotlarni deyarli ochiqlamaydi. Uning yana ikki o‘g‘il farzandi borligi aytiladi, jumladan, Kim Ju Edan oldinroq, 2010 yilda tug‘ilgan akasi Kim Chen Ju ham bor.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid