Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qayta tashkil etilgan Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika komissiyasi nimalar bilan shug‘ullanadi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalarni tegishincha Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar etib qayta tashkil etilishi belgilab qo‘yildi.
Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida davlat dasturlari va boshqa dasturlar ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini, shuningdek ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish;
- davlat organlari va tashkilotlarning voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini ularning samaradorligini, yaqindan hamkorligi va ish uyg‘unligini ta'minlash maqsadida muvofiqlashtirish;
- voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida ko‘rilayotgan choralarni baholash, monitoring qilish va samaradorligini oshirish;
- tizimli kamchiliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish hamda ularni huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish yo‘li bilan bartaraf etish;
- davlat organlari va tashkilotlarning voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, shuningdek huquqbuzarlik sodir etish sabablari va bunga imkoniyat yaratayotgan shart-sharoitlarni aniqlashdagi o‘zaro hamkorligini yaxshilash yuzasidan choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid ma'lumotni to‘plash, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish hamda tegishli organlar va muassasalar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ulardan foydalanish;
- hududiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
- Tuman (shahar) komissiyalari zimmasiga quyidagi voyaga yetmaganlar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish yuklandi:
- o‘n to‘rt yoshga to‘lmasdan ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, o‘n uch yoshga to‘lgandan keyin og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirgan voyaga yetmaganlar bundan mustasno;
- o‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan davrda jinoiy javobgarlik nazarda tutilmagan ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan;
- o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan davrda jinoyat alomatlari bo‘lgan qilmishlar sodir etib, ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish rad qilingan yoki jinoiy ish tugatilgan;
- o‘n olti yoshgacha bo‘lgan davrda yo‘l harakati qoidalarini buzgan;
- boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etgan;
- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'lim muassasalarida (umumta'lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida) o‘qishdan bosh tortgan;
- ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etganligi uchun qonunchilikka asosan javobgarlikdan ozod qilingan;
- O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida nazarda tutilgan tartibda ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etgan.
Tuman (shahar) komissiyalari Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmaganlarga nisbatan ta'sir ko‘rsatish choralari sifatida quyidagilarga haqli:
- voyaga yetmaganga jabrlanuvchidan uzr so‘rash majburiyatini yuklash to‘g‘risida tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritish;
- ogohlantirish chiqarish;
- o‘n besh yoshga to‘lgan voyaga yetmagan zimmasiga, agar u mustaqil ish haqiga ega bo‘lsa va zarar miqdori belgilangan eng kam oylik ish haqidan ortiq bo‘lmasa yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash yoki uni bartaraf etish majburiyatini yuklash yoki belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan ortiq bo‘lmagan moddiy zararni o‘z mehnati bilan qoplash majburiyatini yuklash to‘g‘risida tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritish;
- o‘n olti yoshga to‘lgan va mustaqil ish haqiga ega bo‘lgan voyaga yetmaganga O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida nazarda tutilgan hollarda va miqdorlarda jarima solish;
- voyaga yetmaganni o‘z ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud jamoat tarbiyachilari nazoratiga, shuningdek ularning roziligi bilan mehnat jamoasi yoki nodavlat notijorat tashkiloti kuzatuviga topshirish;
- voyaga yetmaganni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma yuborish.
Har bir aniq holat bo‘yicha qabul qilingan ta'sir ko‘rsatish choralari to‘g‘risida tuman (shahar) komissiyalari voyaga yetmaganning yashash, o‘qish yoki ish joyi bo‘yicha huquqbuzarliklarning profilaktikasi bo‘linmalari tomonidan voyaga yetmaganlar o‘rtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakka tartibda profilaktika ishlarini olib borish masalasini hal etish uchun tegishli hududiy ichki ishlar organlariga xabarnoma yuborishga majbur.
Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi
TARKIBI
1. Sunnatov U.Dj. — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari, Komissiya raisi
2. Nazarmuxamedov D.A. — O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Komissiya raisining o‘rinbosari
3. Alimova G.Z. — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
4. Tursunboyev Sh.M. — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
5. Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining o‘rinbosari
6. Turdiyev F.K. — O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
7. Kenjayev D.M. — O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining o‘rinbosari
8. Salimov U.Z. — O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari
9. Usmanov A.A. — O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari
10. Nizamov B.M. — O‘zbekiston Respublikasi mehnat vazirining o‘rinbosari
11. Basitxanova E.I. — O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari
12. Tursunov Yo.E. — O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari
13. Marufova G.M. — O‘zbekiston xotin qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
14. Mansurov K.T. — O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining o‘rinbosari
15. Allayev D.X. — «Mahalla» fondi raisining birinchi o‘rinbosari
16. Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining raisi
17. Ubaydullayeva R.A. — «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi direktori
18. Yusupov O.O. — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mita raisi
19. Lavozimi bo‘yicha — Respublika ma'naviyat targ‘ibot markazi rahbari
20. Yusupova I.T. — Oilalar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash uyushmasi raisi
21. Inamova S.T. — «Sog‘lom avlod uchun» hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya Fondi raisi
22. Astonov S.M. — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining bo‘lim boshlig‘i, ishchi organ mas'ul tuzilmasining rahbari.
Mavzuga oid
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
12:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish davlatlari soni oshiriladi
18:02 / 05.01.2026
O‘zbekistonda bir yilda 4 000 ta standart bekor qilindi
20:57 / 03.01.2026