Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzTest’da katta o‘g‘rilik: Germaniyadan olib kelingan uskuna tag-tugi bilan yo‘qoldi
Texnik tartibga solish agentligining UzTest muassasasida 6 milliard so‘m mablag‘ maqsadsiz ishlatib yuborilgan. Bundan tashqari, muassasaning Buxoro filialida 400 million so‘mlik uskunalar o‘g‘irlangan.
Foto: Yandex Maps
Germaniyadan O‘zbekistonga olib kelingan 3 ta sinov laboratoriya jihozining biri tag-tugi bilan yo‘qolib qoldi, deb yozadi O‘zA.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining UzTest — «O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi» davlat muassasasi Buxoro viloyati hududiy filialida 1,2 tonna va umumiy qiymati 150 million so‘m bo‘lgan «Tormoznoy stend» sinov uskunasi hamda 250 million so‘mlik gazballonlarni o‘lchash vositasi o‘g‘irlangan.
Shuningdek, UzTest’da 6 milliard so‘m mablag‘ maqsadsiz sarflanib yuborilgan.
«Agentlik rahbariyati bu ma’lumotga hozirgacha munosabat bildirgani yo‘q, UzTest mas’ullariga qanday choralar ko‘rilayotgani haqida izoh berishni ham ortga surmoqda», - deyiladi xabarda.
UzTest «O‘zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to‘g‘risida»gi prezident qarori bilan tashkil etilgan. Markaz mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirishni tashkil etish, uni o‘tkazishda texnik reglamentlar, davlat va xalqaro standartlarni qo‘llash bilan shug‘ullanadi.
Kun.uz avvalroq UzTest'ning Piskentdagi avtopoligonida navbati kelmagan avtomobilga sertifikat berilgani haqida yozgandi.
Mavzuga oid
16:58 / 13.01.2026
“Avvaliga o‘ldirishadi deb qo‘rqdim, keyin o‘rganib qoldim” – Uychida o‘g‘irlab ketilib, 4 kun ushlab turilgan yigit hikoyasi
23:16 / 12.01.2026
Gurjistonning sobiq bosh vaziri Garibashvili besh yilga qamaldi
20:28 / 12.01.2026
Antikorrupsiya agentligi hukumatdan Ozodbek Nazarbekovga chora ko‘rishni so‘radi
19:16 / 08.01.2026