Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Özbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholaş tizimini yanada takomillaştiriş, sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantiriş töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “Özstandart” agentligining:

“Özstandart” agentligining “Respublika sinov va sertifikatlaştiriş markazi” davlat korxonasini 2020 yil 1 yanvardan “Özbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat korxonasiga (“UzTest”) aylantiriş hamda uning muassisi etib Standartlaştiriş, sertifikatlaştiriş va texnik jihatdan tartibga soliş ilmiy-tadqiqot institutini belgilaş;

“Özstandart” agentligining “Respublika sinov va sertifikatlaştiriş markazi” davlat korxonasi vorisi etib “UzTest” davlat korxonasini belgilaş;

Toşkent şahrida xalqaro taşkilotlarning (ISO, IEC, UNECE, EN CODEX STAN) standartlari, talab va me'yorlariga muvofiq oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlari, elektrotexnika, yengil sanoat, maşinasozlik, quriliş, polimer va kimyo sanoati mahsulotlari hamda yuqori texnologiyalar asosida işlab çiqarilgan mahsulotlarning sinovlarini töliq amalga oşiradigan zamonaviy sinov va nazorat laboratoriyalaridan iborat “UzTest” davlat korxonasining Sinov va nazorat kompleksini taşkil etiş;

“Özstandart” agentligining hududiy sinov va sertifikatlaştiriş markazlari davlat korxonalarini ilovaga muvofiq tugatiş;

tugatilayotgan hududiy sinov va sertifikatlaştiriş markazlarining bino va inşootlari, laboratoriyalari hamda moddiy-texnika vositalari negizida “UzTest” davlat korxonasining hududiy filiallarini, “Özbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi hududiy filiallarini taşkil etiş töğrisidagi takliflari ma'qullandi.