Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo va Navoiyda 4 nafar bemor sog‘aydi
Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 625 nafar bemor to‘liq sog‘aydi
Surxondaryo viloyatidan 3 nafar, Navoiy viloyatidan 1 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Surxondaryoda tuzalganlardan bir nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, bir nafari Samarqand va yana bir nafari Namangan viloyatidan.
Ularning barchasi (erkaklar) joriy yil 27 mart kuni Moskva – Termiz yo‘nalishida charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Navoiyda tuzalgan bir nafar (erkak) bemor Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Har ikki viloyatdagi 4 nafar fuqarolar orasida eng yoshi kattasi 39 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 19 yoshda.
Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 625 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.
Mavzuga oid
12:41
Surxondaryoda bank mutaxassisi 2 000 dollar va 1,3 mln so‘m olgan paytida ushlandi
19:10 / 30.11.2025
Navoiyda brakonerlar ekologiya inspektoriga kuch ishlatishdi
11:47 / 28.11.2025
Navoiydagi qattiq tartibli koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum shifoxonada vafot etdi
10:29 / 26.11.2025