Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Trinidad va Tobago bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
Trinidad va Tobago O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan 144-davlat bo‘ldi.
Foto: Dunyo
2023 yilning 15 iyun kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston bilan Trinidad va Tobago o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzolandi.
Hujjatni ikki mamlakat hukumatlari nomidan O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov va Trinidad va Tobagoning BMTdagi doimiy vakili Dennis Frensis imzoladi.
Bu davlat Janubiy Amerikaning shimoli-sharqiy sohilida joylashgan, Britaniya Hamdo‘stligi, shuningdek, Amerika Davlatlari Tashkilotiga a’zo.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo‘shma hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi. Hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini izlash uchun ikki tomonlama aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
18:59 / 04.03.2026
Turkiya va O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 34 yilligini nishonlamoqda
07:19 / 04.03.2026
Dunyodagi eng obro‘li davlatlar - 2026 yil ro‘yxati
20:21 / 15.01.2026
O‘zbekistonning Tashqi siyosat konsepsiyasi yangilanadi
11:28 / 31.12.2025