Diplomatiya davlatlar örtasidagi nizoli vaziyatlarni uruşdan oldin hal qiliş vositasi sifatida mamlakatlar va mintaqalarning barqarorligi uçun muhim rol öynaydi. Ammo XXI asrning dastlabki ikki ön yilligida diplomatiya asosan siyosiy jarayonlarni emas, balki iqtisodiy va savdo munobatlarini tartibga soliş vositasiga aylanib qoldi. Diplomat kadrlar uçun xalqaro taşkilotlarning xalqaro aloqalar böyiça vakili sifatida, yoki aql markazlarida tahlilçi sifatida faoliyat olib boriş yetakçi yönalişlarga aylandi. Şu tariqa nizoli vaziyatlarda davlatlar örtasida muvozanatli kelişuvlarni taklif eta oladigan, iştirokçi tomonlarning manfaatlarini yetarliça qoniqtiradigan yeçim işlab çiqa oladigan va samarali siyosiy dialog taşkillaştiradigan kadrlar tanqisligi vujudga keldi. Natijada klassik diplomatiya öz örnini “biznes muzokaraçilar” guruhiga böşatib berdi.

“Biznes muzokaraçilar” boşqa davlatlar hududida qöşma korxona oçiş, savdo imtiyozlari oliş va bojxona kelişuvlariga ança usta bölişlariga qaramasdan, 2022 yil fevraldan keyingi 3 ta harbiy töqnaşuv – Rossiya-Ukraina, Hamas-Isroil va Eron-AQŞ va Isroil – klassik diplomatlarga bölgan ehtiyojni namoyon etdi. Uşbu uç harbiy inqiroz faqatgina iştirokçi tomonlar uçun emas, balki inqirozlar natijasida özgarib borayotgan dunyodagi barça davlatlar uçun tendensiyalarni çuqur tahlil qilib, muvozanatli taşqi siyosat olib boradigan diplomatlar kerakligini körsatyapti.

Xalqaro taşkilotlarning zaiflaşuvi (liberal tartibot qulaşi)

2022 yil fevralda boşlangan Ukraina inqirozi xalqaro taşkilotlar yirik harbiy inqirozlarni hal etişda ojiz ekanliklarini körsatib berdi. Şanxay Hamkorlik Taşkiloti va BRICS kabi tuzilmalar bu muammo borasida amaliy çoralardan tiyildi. Dunyodagi eng katta xalqaro taşkilot hisoblanadigan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti esa heç narsa qila olmasligi körinib qoldi. Ayni şu inqiroz BMT amaldagi işlaş uslubining samarasizligi yoki zamon talabiga mos kelmasligini namoyon etdi. 2023 yil oktyabrda boşlangan Hamas va Isroil örtasidagi nizoda ham taşkilot fuqarolar örtasidagi yöqotişlarni kamaytiriş uçun ojizlik qildi. Deyarli barça mustaqil davlatni qamrab olgan xalqaro tuzilmaning bu qadar zaifligi liberal dunyo tartiboti haqidagi ğoyalarni savol ostida qoldirdi.

BMTdan taşqari, Ukraina inqirozi sinovdan ötkazgan taşkilotlardan yana biri bu – Yevropa Ittifoqi deyiş mumkin. Ular amalda Rossiyaga qarşi 20 taça sanksiyalar paketini e’lon qilgan bölsa, bu qarorlarni qabul qiliş jarayonidagi muşkulliklar ittifoq içida qaror qabul qiliş jarayoni inqirozlarga tezkor javob bera olmasligi va yakdillik yöqligini körsatdi. Faqatgina iqtisodiy, savdo va bojxona munosabatlarida muvaffaqtiyatli işlab kelgan yevropalik muzokaraçilar nafaqat Kreml bilan Ukraina inqirozi borasida kelişuvga erişişda muvaffaqiyatsizlikka uçradi, balki özaro yakdil qarorlar berişgayam qiynaldi. Yevropa mamlakatlarida ösib borayotgan öng qanot millatçiligi va populizmni hisobga oladigan bölsak, “biznes muzokaraçilar”dan iborat bölgan taşqi işlar vazirliklari tizimi kelajakdagi inqirozlar fonida yanada zaiflaşişi va ittifoq içida tarqoqlik kuçayişi mumkin.