Şu kunlarda Turkiya va Özbekiston örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 34 yilligi nişonlanmoqda. Ikki davlat örtasidagi aloqalar «mustaqillikni tan olgan birinçi davlat»dan «keng qamrovli strategik şeriklik» darajasigaça bölgan yölni bosib ötgani bilan e’tiborni tortadi. Bu haqda Turkiyaning Anadolu naşri maqolasida aytiladi.

1991 yil 31 avgustda öz mustaqilligini e’lon qilgan Özbekiston va 1991 yil 16 dekabrda bu qarorni birinçi bölib tan olgan Turkiya örtasida diplomatik munosabatlar 1992 yil 4 martda örnatilgan.

Turkiya Özbekistonda öz elçixonasini oçgan birinçi davlat böldi. Turkiyaning Toşkentdagi elçixonasi 1992 yil aprelda, Özbekistonning Anqaradagi elçixonasi esa 1993 yil yanvarda iş boşladi.

Özbekiston mustaqillikka erişganidan söng, ötgan 34 yil davomida ikki davlat örtasidagi munosabatlarda turli sabablarga köra yuksaliş va pasayiş davrlari böldi.

Özbekiston va Turkiya örtasidagi munosabatlarning yangi bosqiçi prezident Rajab Toyyib Erdöğanning 2016 yil noyabr oyida Samarqandga taşrifi bilan boşlandi.

Uşbu taşrif davomida Erdöğan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuvlar ötkazdi, natijada ikki tomonlama munosabatlar faollaşdi va yangi turtki oldi. Şundan söng, 2017 yil oktabr oyida Mirziyoyev 21 yillik tanaffusdan söng Turkiyaga prezident sifatida taşrif buyurgan eng yuqori martabali özbek amaldori böldi.

Ikki mamlakat prezidentlarining yaqin döstligi va kuçli siyosiy irodasiga muvofiq, 2017 yilda Turkiya - Özbekiston munosabatlari strategik şeriklik darajasiga kötarildi. Köp yillik tanaffusdan söng Turkiya va Özbekiston qöşma iqtisodiy komissiyasining yiğilişlari qayta tiklandi.

2018 yilda ikki davlat rahbarlari boşçiligida Turkiya va Özbekiston örtasida Strategik hamkorlik böyiça oliy darajadagi kengaş tuzildi. Kengaşning birinçi yiğilişi 2020 yil fevral oyida Anqara şahrida, ikkinçisi 2022 yil mart oyida Toşkent şahrida, uçinçisi 2024 yil iyun oyida Anqara şahrida bölib ötdi.