Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshshahartransxizmat»ning barcha avtobuslari «tonirovka» qilinadi
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, avtobus salonini sovitishda sarflanayotgan yonilg‘i va elektrni iqtisod qilish maqsadida Toshkentdagi tabiiy gaz va elektrda harakatlanadigan avtobuslarning yon oynalarini qoraytirishga ruxsat berildi.
Foto: Twitter / @Mamurjonaka
Toshkent shahrida yon oynalari qoraytirilgan avtobuslar harakatlanmoqda. Kun.uz «tonirovka»li avtobuslar bo‘yicha «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmatidan izoh so‘radi.
Ma’lum qilinishicha, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, avtobus salonini sovitishda sarflanayotgan yonilg‘i va elektrni iqtisod qilish uchun tashkilot tasarrufidagi barcha avtobuslarning yon oynalari bepul qoraytirilishiga ruxsat berilgan.
Ta’kidlanishicha, bu jarayonda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hisobidagi 144,4 ming kvadrat metr plyonkalar «Toshshahartransxizmat»ga taqdim etiladi.

Qayd etilishicha, avtobuslarni «tonirovka»lash prezidentning shu yil may oyida Chilonzor tumaniga qilgan tashrifi yakunlari bo‘yicha berilgan topshiriqlar bayonining 37-bandiga asosan amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kun.uz shaharda harakatlanuvchi barcha avtobuslarning yon oynalarini qoraytirishga rucxsat berilishi, shunda ham bu bepul bo‘lishi kerakligiga etibor qaratgan edi.
Mavzuga oid
12:12
Toshkentda avtobus haydovchisi o‘z ehtiyotsizligi oqibatida halok bo‘ldi
09:42 / 20.12.2025
34-sonli avtobus yo‘nalishi harakat sxemasiga o‘zgartirish kiritildi
23:01 / 13.12.2025
O‘tgan 10 kun ichida avtobuslarda chiptasiz yurgan qariyb 3 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi
12:05 / 09.12.2025