Oynalarni qoraytiriş, pardalar örnatiş bizning ölkamizda qariyb 9 oy hukm suradigan quyoşli kunlarda avtomobil salonidagi insonlarni issiqdan, quyoşning kuydiruvçi ultrabinafşa nurlaridan asraşda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eslasangiz, bir paytlar avtomobillarni tonirovka qiliş umuman mumkin emasdi. Faqat avtomobillarning orqa oynasini va old oynasining tepasidan 14 sm qismini qoraytirişga ruxsat berilgan edi. Bunday taqiqqa xavfsizlik maqsadlari sabab qilib körsatilar edi.

Lekin haydovçilar uyuşqoqlik bilan öz istaklarini ijtimoiy tarmoqlar orqali sobitqadamlik bilan bildirişda davom etişdi va niyatlariga yetişdi. Köplab talab va istaklarni inobatga olib, respublika rahbari eng oliy darajada haydovçining ötirgan örnidan atrofini körişga xalaqit bermayotgan barça oynalar – avtomobillar salonining orqa qismi eşiklari oynalarini qoraytiriş tekin qilindi.

Mana, pul evaziga bölsa ham, old oynadan taşqari, yengil avtomobilning barça oynalarini qoraytiriş joriy etildi. Bundan xavfsizlikka heç qanday putur yetmasligi, aslida barçasi börttirib yuborilgani ma’lum böldi.

Hozir hattoki “Damas”lar ham old peşoynadan va old eşiklarning oynasidan boşqa oynalarini tekinga qoraytirib olib, mazza qilib yurişibdi.

Ayni paytda yengil avtomobillarning old eşiklari oynasini qoraytiriş ma’lum summa evaziga amalga oşiriladi.

Avtobuslar uçun oynalarni qoraytiriş summasi esa hamon balandligiça qolmoqda. Ayni paytda avtobus salonidagi oynalarni qoraytiriş yiliga bazaviy hisoblaş miqdorining 40 baravari (bugungi kunda 13 mln 200 ming söm) qilib belgilangan.

Bu – M3 toifadagi keng siğimdagi avtobuslar uçun belgilangan miqdor. Tor siğimli, M2 toifadagi kiçik mikroavtobuslar uçun oynalarni qoraytiriş narxi ham şunça.

Endi e’tibor beraylik, keng va tor siğimli bunday avtobuslardan asosan qayerlarda foydalanilmoqda:

  1. Şaharlardagi jamoat transportlari
  2. Şaharlararo qatnovçi avtobuslar
  3. Turistlarni taşuvçi firmalarning avtobuslari
  4. Turli taşkilotlarning işçi-xodimlarini taşuvçi avtobuslar
  5. Ayrim hududlarda maktab öquvçilarini taşuvçi avtobuslar

Avtobuslar uçun salon oynalarini qoraytiriş nega bu qadar QIMMAT qilib belgilangani, umuman, nega avtobuslar uçun pulli qilib qoldirilganini heç kim tuşuntirmagan.