“Rossiyadagi o‘zbek migrantlarining vaqtida ish haqini ololmaslik holatlari oshgan” – Migratsiya agentligi
2022 yilning fevral-mart oylarida 2200ga yaqin Rossiyadagi fuqarolarga Tashqi mehnat migratsiyasi tomonidan huquqiy yordam ko‘rsatilgan. Murojaatlarning 1300dan ortig‘i o‘z vaqtida ish haqlarini ololmaslik bilan bog‘liqligi qayd etilgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshqarma boshlig‘i Azim Axmatov oxirgi 2 oyda Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlar ko‘proq qanday masalalarda agentlikka murojaat qilgani masalasiga to‘xtaldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.
Azim Axmatov o‘tgan fevral va mart oylarida murojaatlarning turlarida o‘zgarishlar sezilganini ta’kidladi.
“Murojaatlar soni sensatsion holatda o‘zgargani yo‘q, tabiiy jarayonda amalga oshib kelyapti. Lekin murojaatlarning turlarida, shakllarida farq sezildi. Masalan, o‘tgan 2 oy davomida 2200ga yaqin fuqarolarimizga huquqiy yodam ko‘rsatilgan bo‘lsa, buning 1300dan ortig‘ida vaqtida ish haqlarini ololmaslik holatlari kuzatilgan. Ilgari bu ko‘rsatkichlar 10-20 foiz atrofida bo‘ladigan bo‘lsa, buning darajasi oshdi”, – deydi agentlik vakili 5 aprelda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Bu, – uning izohlashicha, – ma’lum bir vaqtda to‘lqinlanuvchi murojaatlar turiga ham kiradi. Chunki bu holatda, ayniqsa, mart oylaridan boshlab yangi ishlarning boshlanish jarayoni ko‘payadi.
Qishki muddatlarda ham ish hajmining kamligi, ham ish beruvchilarning yangi qurilish yo‘nalishlarida ishlarining boshlanmasligi jihatidan ishchi va ish beruvchilar o‘rtasidagi quyi munosabatlarda tushunmovchiliklar kelib chiqadi.
Mavzuga oid
00:35
«Yevropadagi istalgan nishonni yo‘q qila oladi» – Putin «Oreshnik» yaratuvchilari bilan uchrashdi
23:13 / 23.11.2024
Kreml yangi safarbarlik bo‘lmasligini ma’lum qildi
22:08 / 23.11.2024
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
18:44 / 23.11.2024