O‘zbekiston | 23:52 / 05.02.2021
41440
2 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar xodimlarining maoshi oshirilishi mumkin

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘onadagi yig‘ilishda huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari bilan ham suhbatlashdi.

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, davlat rahbari yangi qaror chiqishi va ichki ishlar tizimida maoshlar oshirilishi mumkinligini anonslagan.

«Jinoyatchilik sababi – ishsizlik. Agar bandlikni ta'minlasak, jinoyatchilik o‘z-o‘zidan kamayadi.

Jinoyatchilar kimlar, ularni panohiga olib o‘tirganlar kimlar? Har birining tagiga yetish kerak. Qonun ustuvorligini, jazo muqarrarligini hamma bilishi shart. Shunda jinoyatchilik kamayadi. Bu borada sizlar tizimli ishlashlaring kerak.

Yaqinda yangi qaror chiqadi. Tizimni o‘zgartiramiz, yangiliklar kiritamiz.

Men ichki ishlar xodimlaridan minnatdorman. Pandemiya vaqtida osoyishtaligimizni ta'minlash bo‘yicha ular o‘zini ko‘rsata oldi. Shuning uchun ularning maoshini ko‘tarish, sifatli o‘qitish va yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘ryapmiz.

Bir narsani unutmasligimiz kerak, qachon jinoyatchilikni kamaytirsak, xalq bizdan rozi bo‘ladi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari Farg‘onaga ikki kunlik tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyidagi prezident selektorlaridan birida Yoshlar ishlari agentligi tizimida maoshlar oshirilishi haqida gap ketgandi.

Mavzuga oid