Yoşlar işlari agentligining viloyat va tuman xodimlari oylik maoşini oşiriş böyiça taklif bildirildi. Bu haqda 27 yanvar kuni prezident ötkazgan yiğilişda söz bordi.

Eslatib ötamiz, Yoşlar işlari agentligi 2020 yil birinçi çoragida tuzilgan edi. Agentlikka yoşlarga oid davlat siyosatini muvofiqlaştiriş vazifasi yuklatilgan.

27 yanvardagi prezident selektorida yoşlar muammolarini tizimli örganiş va muvofiqlaştiriş vazifasi Davlat xavfsizlik xizmatiga yuklatildi.

Yiğilişda prezident iqtidorli yoşlarni kaşf qiliş, ularning taşabbus va intilişlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş maqsadida «Özbekiston uçun 100 ğoya» loyihasini ilgari surdi.

Loyiha doirasida şahar va qişloqlardagi taşabbuskor yoşlarning iqtisodiyot, ta'lim, sport, soğliqni saqlaş, axborot texnologiyalari kabi sohalardagi ğoyalarini röyobga çiqariş uçun şaroit yaratiladi.

«Masalan, qaşqadaryolik yoş tadbirkor Sardor Sodiqov pandemiya tufayli barça öquv markazlari öz faoliyatini töxtatgan bir paytda, ingliz tilini örgatişning mobil dasturini yaratib, minglab yoşlar uçun masofaviy ta'limni yölga qöydi. Qolaversa, uşbu dasturni internet orqali xorijga ham eksport qilmoqda.

Bunday innovatsion ğoyalar menga ma'qul», – degan prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.