Texnologiya | 19:01 / 06.09.2016
9245
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropada Toyota C-HR krossoveri savdoga chiqariladi

Yevropalik dilerlar Toyota firmasining ixcham SUV modeliga buyurtmalarni qabul qila boshladi. 

C-HR savdolari joriy yilning oktabr-noyabr oylarida boshlanishi kutilmoqda. Shunga qaramay, ayrim mamlakatlarda yangi model uchun narxlar allaqachon e'lon qilingan. Xususan, Britaniyada krossoverning narxi 20 995 funt sterlingga baholangan. Niderlandiyada Toyota C-HR  24 495 yevrodan boshlanadi.

Yangi mashinaning Yevropada sotiladigan turkumlariga 116 ot kuchiga ega, 1,2 litr hajmli benzinda harakatlanadigan dvigatel o‘rnatiladi. Xaridorlarga shuningdek, uning gibrid namunasi ham tavsiya etiladi. Uzatmalar qutisi sifatida 6 diapazonli «mexanika» yoki «avtomat» taklif etiladi.

 

Mavzuga oid