Jahon | 15:46 / 27.09.2017
7192
1 daqiqa o‘qiladi

Etihad Airways uchuvchisi parvoz vaqtida vafot etdi

Foto: The Gulf Today

Abu-Dabi shahridan Amsterdamga parvozni amalga oshirish vaqtida BAAning Etihad Airways aviakompaniyasi uchuvchisi vafot etdi, deya xabar qilmoqda Gulf News nashri.

Natijada, samolyot yo‘nalishini o‘zgartirdi va Kuvaytda favqulodda qo‘ndi.

Aviakompaniyadan xabar berishlaricha, samolyot Kuvaytda muvaffaqiyatli qo‘ngach, u yerda bortga bir guruh vrachlar darhol jo‘natildi, ammo uchuvchi allaqachon hayotdan ko‘z yumib bo‘lgan edi.

«Etihad Airways Abu-Dabi shahridan Amsterdamga yuk tashuvlari bo‘yicha xizmatni amalga oshirayotgan EY 927 reysi bortida o‘lim holati yuz berganini qayg‘u bilan xabar qiladi», - deya ma'lum qilishgan aviakompaniyadan.

Uchuvchining o‘limiga nima sabab bo‘lgani ochiqlanmagan.

Mavzuga oid