Fuqaro aviatsiyasi agentligi (Özaviatsiya) BAAning Etihad Airways aviakompaniyasiga Özbekistonga muntazam parvozlarni amalga oşiriş uçun ruxsatnoma berdi.
Aviataşuvçi Abu-Dabi-Toşkent-Abu-Dabi yönalişi böyiça parvoz qiliş huquqini qölga kiritdi. Parvozlarda Airbus A320−232/251N va A321−231/251N/251NX samolyotlaridan foydalaniladi.
Iyul oyida Etihad Yevrosiyoning yettita şahriga havo qatnovi yölga qöyilişini e’lon qilgandi. Kompaniya Toşkentdan taşqari Qozoğistonning Olmaota, Gruziyaning Tbilisi, Armanistonning Yerevan, Ozarboyjonning Boku, Ruminiyaning Buxarest va Saudiya Arabistonining Madina şaharlariga parvozlarni yölga qöyişni rejalaştirgan.
Etihad Airways 2026 yil 17 martdan boşlab Abu-Dabi-Toşkent reyslarini yölga qöyişi aytilmoqda. Kompaniya şaharlar örtasida haftasiga oltita reysni amalga oşiradi.
2022 yilning kuzida Etihad’ning şu’ba aviataşuvçisi — Air Arabia Abu Dhabi Özbekiston va BAA poytaxtlari örtasida muntazam qatnovlar yölga qöyilişini e’lon qilgandi. Öşanda haftasiga ikkita reys — çorşanba va şanba kunlari amalga oşirilişi rejalaştirilgan edi.
Air Arabia Abu Dhabi’ga egalik qiluvçi Air Arabia loukosteri 2020 yilda Özaviatsiyadan Özbekistonga parvozlar uçun ruxsat olgan, şundan söng Abu-Dabi-Toşkent reyslarini yölga qöydi.
Eslatib ötamiz, Vengriyaning Wizz Air arzon aviakompaniyasi 1 centyabrdan boşlab Abu-Dabidan, jumladan Toşkentga barça parvozlarini töxtatişini e’lon qilgan. Kompaniya veb-saytida uşbu sanadan keyingi çiptalarni band qiliş imkonsiz.

















