O‘zbekiston | 18:50 / 30.04.2026
4870
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent – Xiva yo‘nalishida «Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi qatnovi 3 maydan boshlanadi

Poyezd 7 soat 30 minutda manzilga yetib boradi. Chipta narxi 780 ming so‘m.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent–Xiva–Toshkent yo‘nalishida «Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi qatnovi 3 maydan boshlanadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Poyezd 7 soat 30 minutda manzilga yetib boradi. Chipta narxi 780 ming so‘m.

Qatnov kunlari:

- Toshkent → Xiva: haftaning seshanba, payshanba, shanba kunlari;

- Xiva → Toshkent: haftaning chorshanba, juma, yakshanba kunlari.

Harakat jadvali:

Toshkent Markaziy vokzali → Xiva

- Jo‘nash: 07:00

- Yetib borish: 14:31

Xiva → Toshkent Markaziy vokzali

- Jo‘nash: 07:20

- Yetib kelish: 14:51

Qatnov boshlanish sanalari:

- 3 may — Toshkentdan ilk qatnov;

- 4 may — Xivadan ilk qatnov.

Chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalarida va elektron tarzda eticket.railway.uz orqali xarid qilish mumkin.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid