Toşkentda yagona dizayn-kodni joriy etiş yölida peşlavhasini olib taşlamagan tadbirkorlarga elektr tarmoğidan uzib qöyiş bilan tahdid qilinyapti. Giotto asosçisi rasmiylarning talabi bilan restoran fasadini qayta-qayta özgartirişga majbur bölganini aytdi. Biznes-ombudsman dizayn-kod haqidagi qarorning ayrim bandlari qonunçilikka zidligi sabab, talablarni qayta körib çiqişni söradi.
Toşkentda peşlavhalarning majburiy oldirib taşlanişi, lekin tölov evaziga bölsa-da qayta örnatiş imkoni bölmayotgani va tovar belgilarini dizayn kodga moslaştiriş talablari tadbirkorlar uçun boşoğriqqa aylangan.
23 aprel kuni Savdo-sanoat palatasida şu masala yuzasidan tadbirkorlar bilan oçiq muloqot bölib ötdi.
“Havoga pul tölayapmiz”
Evos restoranlar tarmoği vakili 80 dan ziyod savdo tarmoqlari borligi, ularning 65 tasiga reklama pasportlari olingani va 80 mln söm yiğim tölanganini ma’lum qildi.
“Har çorakda 80 mln söm tölaymiz. Mendagi savol şundaki, biz nima sababdan bunaqa miqdordagi pul tölaymiz? Havoga pul tölayapmiz. Yiğimni tölab reklama pasportini olganimizdan keyin ham peşlavhalar demontaj qilindi, çunki ular dizayn kod konsepsiyasiga töğri kelmagan ekan. Har bir demontaj biznes uçun 20 mln söm xarajat degandi. Bu kompensatsiya qilib berilmadi”, – dedi u.
Bunga javoban SSP raisi Davron Vahobov Toşkent şahridagi 436 km 36 ta köçadagi umumiy ovqatlaniş va xizmat körsatiş taşqi fasadlari uçun reklama pulining 1 yilligini olmaslikni taklif qilişini bildirdi. “Çunki davlat özi şahar çiroyli bölişini xohlayapti”, – dedi u.
Avval qaymoqrang, keyin kök, keyin kulrang...
Giotto restoranlar tarmoği asosçisi Kemal Kaya restoran peştoqidagi tovar belgisini qayta-qayta özgartirişga majbur bölganini aytdi:
“Prezidentimizning Ts-1'ga taşrifi arafasida hokim menga bir iltimos bilan murojaat qildi. Siz mana şu rangni qilişni aytgansiz, biz qildik, muammo yöq. Biroq qörqinçli narsa çiqdi. Avvaliga qaymoqrang bölişi kerak, deyişgandi. Men pul tölab, alyukobond olib keldim. Bir kundan keyin kelib: nima keragi bor, öz brendiga ega Giotto kökligiça qolaversin, deyişdi… Yana bir kundan keyin kelib: yöq, kulrang bölişi kerak, deyişdi. Keçqurun kulrangga özgartirdik… Juda xunuk narsa çiqdi”.
Kemal Kaya dizayn-kod mualliflarini tanqid qilib, bunday yondaşuv Özbekiston imijiga zarar yetkazişini ta’kidladi:
“Siz butun Yevropa oldida mamlakatni şarmanda qilasiz […] Bunday loyihani normal mamlakatda qila olmaysiz, keçirasiz. Bu şunçaki ötmaydi […] Ayb hokimiyatda emas, loyihani işlab çiqqan odamlarda… Siz Özbekistonni Şimoliy Koreyaga aylantirmoqçisiz”.
Elektr energiyasini öçiriş bilan tahdidlar
Dym & Dream restorani direktori Mariya peşlavha sabab bosimga duç kelganini ma’lum qildi. Uning aytişiça, 22 aprel kuni muassasaga “hokimiyatdan kelgan şaxs” taşrif buyurib, peşlavha maydoni 1 kv metrdan oşgani uçun uni reklama sifatida baholagan va olib taşlaşni talab qilgan.
“Biz svetni öçirib qöymasliklari uçun peşlavhani olib taşlaşga majbur böldik. […] [Hokimiyatdan] kelgan odam özini taniştirmadi, heç qanday hujjat körsatmadi. Menejyer savol berganida, 10 daqiqa içida heç kim kelmasa, ketişini aytgan. Telefon raqamini ham qoldirmagan, faqat svetni öçiriş bilan tahdid qilgan. Biz ijaraga olgan bino egasiga esa Mirobod TETKdan qönğiroq qilib, peşlavhani olib taşlamasa, elektr öçirilişini aytişgan”.
Eva Yeva kosmetika tarmoği asosçisi buzişlarni bugunning özidayoq töxtatişni söradi.
“Har kuni har 10 minutda dökonlardan xabar keladi: buzmoqçimiz, narvonni olib kel... Peşlavha qoidaga töğri kelsa, pastdagi yozuv töğri kelmaydi, deyişadi. Nega degan savolga javob yöq. Butun boşli brendlar bor, ularni özgartiriş töğri emas. Agar hamma bir xil bölsa, butun Toşkent bir xil oq-qora böladi. Korxonaning “brend book”i bormi, böldi, körib çiqiş kerak”, – dedi tadbirkor.
Qonunçilikda böşliq bor
Oçiq muloqotda Uzum Market'ning davlat organlari bilan işlaş böyiça vakili ham elektr tarmoğidan uzib qöyiş bosimi borligini qayd etdi.
“Amaliyotda qanday böladi? Bu yerda xöp-xöp deb ketamiz, lekin Buyuk ipak yöli köçasi böyiça hokimiyatdan çiqib, svetni öçiramiz deyapti. Tölov qilasizlar, bölmasa svetni öçiramiz, degan gaplar ham böldi”.
Uning ta’kidlaşiça, konstruktiv dialog yetişmayapti va qarorlar hududlar kesimida muvofiqlaştirilmagan.
Marketpleys vakili taşqi yozuvlar bilan boğliq qonunçilikdagi böşliqlarga ham e’tibor qaratdi:
“1 kvadrat metrdan oşiqroq istalgan taşqi ma’lumot beruvçi obekt ham reklama hisoblanyapti. Şu sababli oddiy dorixona yozuvi ham 1 kv metrdan oşsa, unga har oy tölov qilinişi kerak… Vaholanki, bu reklama emas, şunçaki nomni bildiradi”.
U peşlavha tuşunçasini qonunçilikka alohida kiritiş va uni reklama bilan tenglaştirmaslikni taklif qildi.
Palata: “Köçalar bosqiçma-bosqiç tartibga keltiriladi”
Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov mazkur jarayon bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişini bildirib, tadbirkorlarni sabr qilişga çaqirdi. Uning aytişiça, avvaliga 14 ta köça tartibga solinadi.
“14 ta köçani şakllantirib olaylik-da. 9-11 kmda yiğilib, tadbirkorlarga seminar qilaylik. Qanaqa rangda böladi, kelişaylik. Masalan, Buyuk ipak yölidagi KFC rangini oq qilib qöya olmaymiz, butun dunyoda uning rangi qizil, ölçami 120 ga 290 sm. Sen 60 yo 70 sm qilib qöy deya olmaymiz. Avval 100 km masofani körib çiqaylik.
Tadbirkorlar yetkazilgan zararni qoplab berişni sörayapti. Uni bilmayman. Keyinçalik tölanadigan soliqdan minus qilamizmi, bilmaymiz”, – dedi Davron Vahobov.
Qarorning ayrim bandlari qonunçilikka zid
Biznes-ombudsman bayonotiga köra, dizayn-kodni joriy etiş böyiça şu yil fevralda qabul qilingan Toşkent şahar kengaşi qarorining ayrim bandlari amaldagi qonunçilikka zid.
Xususan, “Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi qonun talablariga köra, tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvçi loyihalar Biznes-ombudsman bilan majburiy tartibda kelişilişi lozim. Biroq uşbu qaror Vakil bilan kelişilmasdan qabul qilingan.
Qarorda reklama vositalari uçun belgilangan “past töyingan” yoki “neytral” rang kabi tuşunçalarning huquqiy mezoni oçib berilmagan. Bundan taşqari, ranglarni birxillaştiriş talabi tadbirkorlarning intellektual mulk (röyxatdan ötgan brend) huquqlariga zarar yetkazişi mumkin. Bir neça obektlarga ega bölgan tarmoq taşkil etgan brendlarning manfaatlari inobatga olinmagan.
Bundan taşqari, Biznes-ombudsmanga köra, yangi talablarga moslaşiş uçun belgilangan 3 oylik muddat yetarli emas. Jarayonni tadbirkorlarga ortiqça yuklama tuğdirmagan holda, bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş tartibi nazarda tutilmagan.
Davlat rahbarining tadbirkorlar huquqlari böyiça vakili xalq deputatlari Toşkent şahri kengaşiga mazkur qarorning tadbirkorlik faoliyatiga daxldor qismlarini qayta körib çiqiş yuzasidan rasmiy xulosa kiritdi.
Tadbirkor peşlavhalar haqida: “Neça marta sarson bölib pulini töladik, tasdiq kelmadi”
Umumiy ovqatlaniş tarmoqlari peşlavhalar olib taşlanayotgani böyiça murojaat bilan çiqdi












