Toşkent viloyati, Piskent tumanida 14 km quvur suv ta’minoti korxonasi mansabdorlari tomonidan talon-toroj qilindi. Yetkazilgan zarar qariyb 4 milliard söm, deb xabar berdi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi.
Qayd qilinişiça, “Toşkent viloyati suv ta’minoti” AJ Piskent tumani filiali rahbari B.K., “A.” AJ mansabdor şaxslari va boşqalar bilan oldindan jinoiy til biriktirgan holda, umumiy qiymati 3 mlrd 931,2 mln sömlik suv quvurlarining 3 mlrd 78,4 mln sömlik qismi, ya’ni jami 14 800 metrini qazib olib, özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilgan.
Qayd etilgan holatlar yuzasidan mansabdor şaxslarga nisbatan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Toşkent viloyat boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi uçinçi qismi “a” bandi (Juda köp miqdorda özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Aybdorlar BHM 300 baravaridan 600 baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud beş yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.











