O‘zbekiston | 00:52 / 26.03.2017
231417
1 daqiqa o‘qiladi
Shavkat Mirziyoyev yangi Chevrolet Malibu avtomobilida shahar aylandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublikada ishlab chiqariladigan Chevrolet Malibu avtomashinasini boshqarishni xush ko‘rishi tasdiqlandi. Davlat rahbari 25 mart kuni Toshkent shahridagi qurilishi tugallangan va rejalashtirilayotgan inshootlarni borib ko‘rdi.
U Yunusobod tumanida qisqa fursatda qurilib, foydalanishga topshirilgan ko‘prikka Chevrolet Malibu avtomobilining yangi namunasida tashrif buyurdi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev qirg‘izistonlik hamkasbi Almazbek Atambayevning Samarqandga tashrifi chog‘ida GM Uzbekistan kompaniyasi mahsulotlarini tanishtirar ekan, dam olish kunlari Chevrolet Malibu avtomobilini haydashini aytgan edi.
Mavzuga oid
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi
19:48 / 29.04.2024