Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada fuqarolik samolyotining dron bilan to‘qnashuvi bo‘yicha ilk holat qayd etildi
Hodisa Kamchatkada, An-26 samolyoti Petropavlovsk - Tilichiki muntazam reysini amalga oshirayotganda sodir bo‘ldi.
Foto: RIA Novosti
Rossiyada fuqarolik samolyotining dron bilan to‘qnashuvi bo‘yicha ilk holat qayd etildi, deb yozdi RBK. Hodisa 2 avgust kuni Kamchatkada, An-26 samolyoti Petropavlovsk - Tilichiki muntazam reysini amalga oshirayotganda sodir bo‘lgan.
Aeroport texniklari samolyot qo‘nganidan keyin uning korpusida 11 santimetrlik chuqurcha borligini aniqladi. Ekipaj dastlab parvozda qush bilan to‘qnashuv sodir bo‘lganini taxmin qilgan.
«Rosaviatsiya»ning keyingi tekshiruvi bu variantni istisno qildi va shikastlanish «aniqlanmagan obekt, ehtimol dron bilan to‘qnashuvda» sodir bo‘lgan degan xulosaga keldi. Bu qanday dron bo‘lgani va uni kim uchirgani noma’lumligicha qoldi.
Dron bilan to‘qnashuv vaqtida samolyot bortida 28 kishi bo‘lgan, ularning hech biri jabrlanmagan. Hozir zarar ko‘rgan bortdan odatdagi tartibda foydalanilmoqda.
Rossiyaning ko‘plab hududlarida urush boshlanganidan keyin xususiy dronlarni uchirishga taqiqlar joriy etildi. Kamchatkada aholi punktlari va energetika korxonalari ustida dronlarni havoga ko‘tarish taqiqlangan.
So‘nggi paytlarda Rossiyaning Yevropa qismida Ukraina dronlarining hujumlari tez-tez sodir bo‘layotgani sababli fuqarolik aeroportlari muntazam ravishda faoliyatini to‘xtatmoqda. «Rosaviatsiya»da bunga har safar «parvozlar xavfsizligini ta’minlash» sabab qilib ko‘rsatiladi.
Mavzuga oid
22:54 / 24.12.2025
Rossiya Ukraina bo‘yicha 20 banddan iborat tinchlik rejasini rad etdi
22:34 / 24.12.2025
Moskva aeroportlarida biometriya topshirgan migrantlarning 10 foizi Rossiyaga kiritilmadi
19:43 / 24.12.2025
Durov Putin 2013 yilda unga Rossiyada emas, balki xorijda biznes yuritishni maslahat berganini aytdi
15:22 / 24.12.2025