O‘zbekiston | 15:43 / 30.06.2021
3811
2 daqiqa o‘qiladi

Yoshlarning nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajati 50 foizi maxsus jamg‘armadan qoplab beriladi

Hukumat qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Jamg‘arma mablag‘lari, jumladan, quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

  • yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
  • “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlar bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining 50 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha) hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilish;
  • xalqaro imtihon tizimlari (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT va boshqalar) bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish;
  • yoshlarga oid dasturlar, loyihalar, tanlovlar va boshqa tadbirlar uchun nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shu jumladan, OAVlarga ijtimoiy buyurtma ajratish;
  • “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlarini (bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha) mazkur xususiy korxona va tashkilotlarga kompensatsiya sifatida qoplab berish.

Mavzuga oid