Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 noyabrdan avtomobilga davlat raqami belgilari uchun to‘lov miqdorlari o‘zgaradi
Ichki ishlar vaziri P.Bobojonovning 2023 yil 10 avgustdagi 396-son buyrug‘i asosida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish, yaroqsiz holga kelgan, shikastlangan yoki buzilganlari o‘rniga yangi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berishda undiriladigan to‘lovlar stavkalariga o‘zgartirish kiritildi.
2023 yil 1 noyabrdan quyidagi miqdordagi to‘lovlar kuchga kiradi:
1. Avtotransport vositalariga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari (RO‘DRB) uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari miqdorida;
2. Mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalarga (yarim tirkamalar) RO‘DRB uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 1,75 baravari miqdorida;
3. Tranzit RO‘DRB uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida;
4. Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari miqdorida;
5. Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 1,75 baravari miqdorida.
Shuningdek:
- yo‘qotilgan bir dona yoki bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi bir juft RO‘DRB berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari miqdorida undiriladi;
- yo‘qotilgan bir dona RO‘DRB (mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun) o‘rniga yangi bir dona RO‘DRB berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,75 baravari miqdorida undiriladi;
- RO‘DRBni 12 oy muddatdan so‘ng yana 1 yil muddatga saqlaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida undiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi mehnat organlari tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozli shartlarda berilgan transport vositasiga RO‘DRB berish uchun to‘lov undirilmaydi.
Mavzuga oid
17:27 / 30.05.2026
Sergeli avtomobil bozorida noqonuniy olibsotarlarga qarshi reyd: 30 kishiga chora ko‘rildi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
15:05 / 19.05.2026
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
12:22 / 16.05.2026