O‘zbekiston | 16:45 / 12.02.2026
3820
2 daqiqa o‘qiladi

Ot sporti federatsiyasi raisi BAAdagi musobaqada 1-o‘rinni oldi

Bahromjon Gaziyev BAAda o‘tayotgan nufuzli CSI2* xalqaro musobaqasining Al-Khail Square Cup yo‘nalishida birinchi o‘rinni egalladi. U 130 sm balandlikdagi to‘siqlarda 60 dan ortiq raqiblarni ortda qoldirdi.

Foto: O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

11–15 fevral kunlari BAA poytaxti Abu-Dabida nufuzli xalqaro CSI5* ot sporti musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu turnir dunyo miqyosida eng yuksak musobaqalar qatoriga kirib, eng kuchli chavandozlar va elita otlarni bir maydonga jamlaydi.

Musobaqa oldidan O‘zbekiston terma jamoasi otlari majburiy vet-chekdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu ularning yuqori darajadagi tayyorgarligi va mukammal sog‘lig‘ini tasdiqlab, musobaqalarda xavfsizlik va halollikni kafolatlaydi.

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev CSI2* Al-Khail Square Cup yo‘nalishida birinchi o‘rinni egalladi. 130 sm balandlikdagi to‘siqlarda u o‘zining aniqligi, tezligi va yuqori sport mahorati bilan 60 dan ortiq kuchli raqiblarni ortda qoldirdi.

Germaniya, AQSh, Italiya, Braziliya, Gretsiya va boshqa davlatlardan kelgan yetakchi chavandozlar ishtirokidagi musobaqada ushbu g‘alaba O‘zbekiston ot sportining xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini yana bir bor tasdiqladi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid