Musobaqa davomida shou sakrash bo‘yicha Yevrosiyo ligasida O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari ham ishtirok etishdi.
CSI-CH yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa natijalariga ko‘ra joylar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin Boburjon Valijonov (O‘zbekiston);
2-o‘rin Yekaterina Gladkova (Rossiya).
Shu kuni «Maxima stables» ot sporti majmuasida Jahon kubogi musobaqasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Yevrosiyo ligasi, Millatlar kubogida to‘rt jamoa ishtirok etdi: O‘zbekiston, Rossiya, Qirg‘iziston va Armaniston.
Musobaqa natijasida jamoalar quyidagi o‘rinlarni egalladi:
1-o‘rin - Rossiya jamoasi;
2-o‘rin - O‘zbekiston jamoasi;
3-o‘rin - Qirg‘iziston jamoasi.
To‘siqlardan sakrash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari Moskva shahrida «Maxima stables» va «Otrada» ot sporti klublarida bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqalarda qatnashdi. Unda Rossiya, Armaniston, Qirg‘iziston, Belarus, Qozog‘istonning yetakchi sportchilari ham ishtirok etdi.
O‘zbekistonlik sportchilar yakka tartibda ham, jamoaviy bahslarda ham ishtirok etdi va nufuzli o‘rinlarni egallab, 9ta oltin, 11ta kumush, 5ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.















