O‘zbekiston | 10:50 / 18.09.2025
6118
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston merganlari xalqaro musobaqada g‘alaba qozondi

8-15 sentabr kunlari Koreya armiyasi Maxsus operatsiya kuchlari qo‘mondonligi tomonidan tashkil etilgan "II Xalqaro merganlar musobaqasi"da 10 ta davlatdan jami 54 ta merganlar jamoasi qatnashdi.

Foto: Videodan kadr

O‘zbekiston jamoasi xorijiy davlatlar (O‘zbekiston, AQSh, Germaniya, Ruminiya,  BAA, Qatar, Vetnam, Tailand, Mo‘g‘uliston)ning 16 ta merganlar jamoasi orasida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

I o‘rin: O‘zbekiston - 539.5 ball;
II o‘rin: Vetnam - 534.7 ball;
III o‘rin: AQSh - 519.0 ball. 

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan iborat jamoa 2024 yilda o‘tkazilgan musobaqada ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. 

Mavzuga oid